«Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog`ochsozlik. Mebel butlovchi qismlari. Mebel va interyer – WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2027» 23- Xalqaro ko’rgazmasi

27 - 29 aprel 2027, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Ishtirok etishning afzalliklari

«Woodtech & MebelExpo Uzbekistan» xalqaro ko‘rgazmasi mahsulotlarni ilgari surish, savdo hajmini oshirish va yangi hamkorlarni topish uchun eng samarali marketing vositasidir.

Ko‘rgazmada ishtirok etish kompaniyangizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
  • O‘z mahsulotingizni Markaziy Osiyoning eng yirik iste’mol bozori bo‘lgan, aholisi 38 milliondan ortiq O‘zbekiston bozoriga olib chiqish;
  • Respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston mutaxassislarining noyob auditoriyasini maksimal darajada jalb qilish;
  • Faqat Toshkentda uchrashish mumkin bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlari mutaxassislarini jalb qilish;
  • Xarid qilishdan manfaatdor barcha potensial buyurtmachilarga aynan Sizning mahsulotingiz afzalliklarini yetkazish;
  • O‘zbekistonning barcha hududlari va qo‘shni davlatlarda dilerlik hamda distribyutorlik tarmoqlarini rivojlantirish orqali savdo hajmini oshirish va sotuv geografiyasini kengaytirish;
  • Maqsadli auditoriyaga mebel ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash sohasidagi dolzarb ishlanmalar, yangi texnologiyalar va materiallarni namoyish etish;
  • Kelgusi mebel mavsumlarining zamonaviy trend va dizaynlarini namoyish etish;
  • Mahsulotlaringizga bo‘lgan talabni, raqobat muhitini baholash va maqsadli auditoriya vakillaridan qimmatli fikr-mulohazalarni olish;
  • Brendingizga e’tiborni jalb qilish va uning tanilishini oshirish;
  • Muvaffaqiyatli, ishonchli va barqaror rivojlanayotgan kompaniya imidjini shakllantirish va mustahkamlash.

Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2026 yakunlariga ko‘ra:
  • 30 mamlakatdan 4593 nafar tashrif buyuruvchi, 5800 dan ortiq tashrif;
  • 85% — sanoat mutaxassislari;
  • 80% tashrif buyuruvchilar ishtirokchilar mahsulotlarini xarid qilishni rejalashtirgan;
  • 65% tashrif buyuruvchilar — biznes egalari yoki rahbar lavozimlaridagi mutaxassislar;
  • 95% tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmani muhim deb hisoblaydi;
  • 98% ishtirokchilar ko‘rgazma biznes rivoji uchun muhim deb hisoblaydi;
  • 80% ishtirokchilar ko‘rgazma natijalarini ijobiy deb baholadi;
  • 76% ishtirokchilar ko‘rgazmada shartnoma va kelishuvlarga erishdi;
  • 90% ishtirokchilar ko‘rgazmada qatnashishni tavsiya qilishga tayyor;
  • 70% ishtirokchilar keyingi ko‘rgazmada ishtirokini tasdiqladi.

Ko‘rgazma O‘zbekistonda va xorijda yil davomida keng ko‘lamli promo-kampaniya bilan qo‘llab-quvvatlanadi, jumladan online, offline va PR-faolliklar.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda target reklama;
  • O‘zbekiston va xorijiy kompaniyalar bazasi bo‘yicha direct-mail;
  • Yetakchi sohaviy OAV, professional portallar va forumlarda reklama;
  • Sohaga oid mutaxassislar bazasi bo‘yicha SMS-xabarnomalar;
  • Tashqi reklama;
  • TV va radio roliklar;
  • Maxsus call-markaz orqali target qo‘ng‘iroqlar;
  • Reklama targ‘ibotining boshqa turlari.