Tashrifning afzalliklari
WoodTech & MebelExpo Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi — o‘z biznes vazifalaringizni hal qilish, shuningdek uy, ofis va jamoat binolarini jihozlash uchun zarur mahsulotlarni yaqindan ko‘rish va tanlash imkoniyatidir.
ㅤ
95% tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmaning yangi uskunalar, materiallar va mebel mahsulotlari bozorini o‘rganishdagi muhim ahamiyatini tasdiqladilar.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurib, Siz quyidagi noyob imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
Ko‘rgazmaga tashrif buyurib, Siz quyidagi noyob imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
- Bozor kon’yunkturasini o‘rganish va ishlab chiqarish yoki interyer dizayni uchun yangi g‘oyalarni olish;
- Yangi aloqalar o‘rnatish va mavjud mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlash;
- Mashina, uskunalar va asboblarni amalda ko‘rish hamda ularning ekspluatatsiyasi bo‘yicha professional maslahat olish;
- Qisqa vaqt ichida mebel materiallari, xomashyo, furnitura va butlovchi qismlarning keng assortimentini ko‘rish;
- Yangi mahsulot va texnologiyalar yetkazib beruvchilarini baholash va tanlash;
- Mebel ishlab chiqarish va interyer dizayni sohasidagi zamonaviy jahon trendlarini o‘rganish;
- “Birinchi qo‘ldan” takliflar olib, ko‘rgazmadagi “maxsus aksiyalar”dan foydalanib bitim tuzish;
- Mashhur ishlab chiqaruvchilarning agentlari yoki distribyutorlari bo‘lish;
- Biznes masalalarini obyektiv va neytral biznes muhitida muhokama qilish;
- Mijozlar bazasini shakllantirish va kengaytirish;
- Qo‘shma korxonalar va investitsiyalar bo‘yicha hamkorlikka asos solish;
- Turli ma’lumot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish.ㅤ
Ushbu havola orqali oldindan shaxsiy elektron bedjingizni oling
WoodTech & MebelExpo Uzbekistan ko‘rgazmasiga tashrif buyurish — bu qisqa vaqt ichida dastgohlar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, shuningdek tayyor mebel ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyatidir.