Ko`rgazma haqida
O'zbekistonning mebel va yog'och qayta ishlash sanoatidagi eng nufuzli xalqaro ko'rgazma tadbiри — 23-xalqaro ko'rgazma «WoodTech & MebelExpo Uzbekistan» 2027-yilning 27–29-aprel kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.
O'zbekiston — Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik iste'mol bozori bo'lib, aholisi 38 million nafardan oshadi. Mamlakatning mebel va yog'och qayta ishlash sanoati asosan kichik va o'rta biznes sub'ektlari ishtirokida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sanaladi.
Turar-joy majmualari, ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari, ofis binolari, biznes-markazlar va infratuzilma loyihalarining jadal qurilishi mebel mahsulotlariga barqaror yuqori talabni ta'minlamoqda. Bugungi kunda umumiy bozor hajmining taxminan 90 foizi mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qondirilmoqda. Mamlakatda 5 300 dan ortiq korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Tarmoqda 300 mingdan ziyod kishi band. So'nggi 10 yil ichida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti sezilarli kengaydi, sifat va dizayn jahon tendentsiyalariga mos holda yaxshilandi, tayyor mebel eksporti va importi o'sib bormoqda.
O'z faoliyatini boshlagandan beri «WoodTech & MebelExpo Uzbekistan» ko'rgazmasi sanoatning yetakchi xalqaro ko'rgazma tadbiriga aylandi. Ko'rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zamonaviy jahon texnologiyalari, xom ashyo va butlovchi qismlarga to'g'ridan-to'g'ri kirish imkonini beradi, mahalliy bozorda savdoni rivojlantirishga yo'naltirilgan kompaniyalar esa bozorning asosiy o'yinchilari — dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Har yili ko'rgazmada dunyoning eng mashhur brendlari — mebel ishlab chiqaruvchilar, zamonaviy uskunalar, xom ashyo va materiallar yetkazib beruvchilari, interyer va dizayn mutaxassislari yangi kolleksiyalar va so'nggi texnologiyalarini namoyish etish uchun to'planishadi.
Ko'rgazma mahsulotlarni ilgari surish, savdoni oshirish, yangi sheriklar va sotish bozorlarini izlash uchun eng samarali platformalardan biri hisoblanadi.
WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2026 — Raqamlar va faktlar:
- Ishtirokchi kompaniyalar: 127
- Davlatlar: 13
- Türkiyaning milliy pavil'oni
- Rossiya Federatsiyasi Ul'yanovsk viloyati kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki
Ko'rgazmaning uch kuni davomida jami 5 796 ta tashrif qayd etildi, jumladan 20 dan ortiq mamlakatdan 4 593 nafar noyob mutaxassis ishtirok etdi.
Ishtirokchilarning fikr-mulohazalariga ko'ra,
- 98% ishtirokchi ko'rgazma biznesni rivojlantirish uchun muhim deb hisoblaydi
- 80% ishtirokchi ko'rgazma natijalarini ijobiy baholadi
- 76% ishtirokchi ko'rgazmada shartnomalar va kelishuvlar tuzdi
- 90% ishtirokchi ko'rgazmani boshqalarga tavsiya etishga tayyor
- 70% ishtirokchi keyingi ko'rgazmada ishtirok etishni tasdiqladi
Agar siz sanoatdagi eng so'nggi yangiliklar, innovatsion texnologiyalar yoki mebel ishlab chiqarishdagi so'nggi tendentsiyalar bilan qiziqsangiz, «WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2027» — o'tkazib bo'lmaydigan tadbir!