Press-relizlar
MebelExpo Uzbekistan 2022 – Oʻzbekiston mebel va yogʻochsozlik sanoatining muhim voqeasi!

Oʻzbekiston mebel va yogʻochga ishlov berish sanoati yetakchi xalqaro koʻrgazmasi 13-15 aprel kunlari Toshkentdagi “Oʻzexpomarkaz” MKKning 3 va 4-pavilonlarida oʻzining 18-chi ekspozitsiyasini ochadi.
35 milliondan ortiq aholiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik isteʼmol bozori hisoblanadi. Mamlakatimiz mebel va yogʻochga ishlov berish sanoati iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan boʻlib, sohada asosan kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat yuritadi.
Turar-joy va tijorat koʻchmas mulklarini qurish surʼatlarining oʻsib borishi mebelga boʻlgan ehtiyojning oshishiga olib keladi. Oʻzbekiston aholisi xarid qobiliyati yil sayin ortib bormoqda va shu bilan birga sifatli mahsulot sotib olishga boʻlgan talab ham ortib bormoqda. Zamonaviy tendensiyalar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni chetlab oʻtmaydigan diqqatga sazovor yangiliklarni talab qiladi. Bugungi kunga kelib umumiy bozor hajmining qariyb 90 foizi mahalliy mahsulotlar bilan qondirilmoqda. Ayni paytda respublikamizda mebel, toshtaxta materiallari, butlovchi materiallar va 5 mingdan ortiq yogʻochsozlik korxonalari faoliyat koʻrsatib, mebel mahsulotlari ishlab chiqarishda 300 mingdan ortiq kishi band. Oʻzbekiston bozorida mebellar turli narx segmentlari va uslublarida hamda turli materiallardan taqdim etilgan. Oxirgi 10 yil ichida mahsulotlar assortimenti sezilarli darajada kengaydi, sifati va dizayni jahon tendensiyalariga mos ravishda yaxshilandi.
Bozorda koʻplab kichik korxonalarning tashkil etilishi, eksport va import rejimlarining liberallashtirilishi tufayli bu sohada kuchli raqobatdosh bozor shakllandi. Bu, albatta, keng tanlovga ega boʻlgan mebelning pirovard xaridorlari uchun ham, mahsulot sifatini barqaror saqlashga, tashqi bozorga chiqish yoʻlini izlashga majbur boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ham foydalidir.
Oxirgi 18 yil davomida MebelExpo Uzbekistan xalqaro koʻrgazmasi sohaning asosiy koʻrgazmasi va mamlakatimiz mebel sanoati salohiyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega tadbir boʻlib kelmoqda. Sohadagi soʻnggi yangiliklar bilan bir qatorda, «MebelExpo Uzbekistan» universal tarmoq koʻrgazmasi ham zamon bilan hamnafas boʻlib kelmoqda. Koʻrgazma mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga yogʻochga ishlov berish sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va butlovchi qismlarga ega boʻlish, isteʼmolchilarga esa yuqori sifatli mebel mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini yaratadi.
Joriy yilda MebelExpo Uzbekistan koʻrgazmasida dunyoning 13 davlatidan (Avstriya, Germaniya, Eron, Italiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Sloveniya, Turkiya, Oʻzbekiston, Shveytsariya, Shvetsiya) 70 dan ortiq kompaniya oʻz ishtirok etishini tasdiqladi.
Bu yil Udmurtiya eksportini qoʻllab-quvvatlash markazi jamoaviy ekspozitsiya tarkibida taqdim etilgan. Ishtirokchilar orasida 8 ta tayyor mebel (korpus mebeli, bolalar mebeli, yumshoq mebel) va mebel butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor.
Anʼanaviy milliy ishtirok bilan koʻrgazmaga Turkiyadan mebel jihozlari, elim va boʻyoq ishlab chiqaruvchilari tashrif buyurishadi.
MebelExpo Uzbekistan koʻrgazmasida mebel ishlab chiqarish uchun hamma jihoz va uskuna, yaʼni, yogʻochga ishlov berish va lazerli dastgohlar, asboblar, elimlar, loklar, boʻyoqlar, taxta mahsulotlari, mebel komponentlari va aksessuarlari, pol qoplamalari, sunʼiy teri, mebel plombalari, stol usti uchun plastmassa va boshqalarni topa olasiz.
Ishlab chiqarish uskunalaridan tashqari, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan uy va ofis uchun tayyor mebellar, shuningdek, matras va uyqu uchun moʻljallangan mahsulotlarning keng assortimenti koʻrgazmada namoyish etilmoqda.
Texnologik yangiliklar, yogʻochga ishlov berish uskunalari va asboblari ARHAR ENGINEERING (Sloveniya), SCM GROUP (Italiya), FELDER KG (Avstriya), LEUCO (Germaniya) kabi soha yetakchilari tomonidan taqdim etiladi. Mebel jihozlari va xomashyo sektori JULIUS BLUM (Avstriya), ATTIMEC (Italiya), MESAN (Turkiya), DÉCOR PROFI (Qirgʻiziston), BOYARD (Rossiya), POUYA SILK ROAD (Eron), ZRK GROUP (Pokiston), WOODMAN GROUP, EGIDA SIMAKS (Oʻzbekiston) va boshqa kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi.
Koʻrgazmada mebel kimyosi sohasi keng namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar orasida HELIOS GROUP (Sloveniya), KAYALAR KIMYA, BETEK BOYA, POLCHEM, ESKIM KIMYA, DOGU KIMYA, ADALAR KIMYA (Turkiya), TECHNOCOLOR (Rossiya) kompaniyalarini aytib oʻtishimiz joiz.
Tayyor mebel mahsulotlari isteʼmolchilar uchun eng qiziqarli va talab qilinadigan sektor hisoblanadi. Joriy yilda u LYUBIMIY DOM, NAYDI, ROMAK, MAMADOMA, ROBIN VUD, MODERN MEBEL, KOMFORT-S, AKVILON (Rossiya), BINKET GRUPP, ZIYNAT MAX, AIKO (Oʻzbekiston) va boshqa brendlar taqdim etgan soʻnggi mavsum yangiliklari va mebel tendensiyalarini oʻz ichiga qamrab oladi. Shuningdek, Rossiyadagi eng yirik ortopedik matraslar va uyqu mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ASKONA kompaniyasi yangi mahsulotlarini alohida taʼkidlab oʻtish joiz.
Doimiy eksponentlar tajribasiga koʻra, MebelExpo Uzbekistan koʻrgazmasi Oʻzbekiston mebel ishlab chiqaruvchilari va yangi istiqbolli bozorga chiqish istagida boʻlgan xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun asosiy voqea hisoblanadi.
Quyidagi davlat idoralar tadbirni rasmiy qoʻllab-quvvatlab kelmoqda:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Koʻrgazmaning roʻyxatdan oʻtkazish homiysi: BLUM (Avstriya).

Koʻrgazma hamkori: FELDER GROUP (Avstriya).

Tashkiliy koʻmak: «Oʻzexpomarkaz» MKK AJ
Bosh media hamkor: Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Tadbirni tashkil etuvchilari: Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia kompaniyasi.
Koʻrgazma Iteca Exhibitions kompaniyasining barcha tadbirlari kabi Oʻzbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik meʼyorlari va qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkaziladi
Axborot koʻmagi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz