Press-relizlar
Rebrending va transformatsiya WoodTech & MebelExpo Uzbekistan`ni kengaytirmoqda

O'zbekiston mebel va yog'ochsozlik sanoatining yetakchi voqeasi 21-Xalqaro "Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochsozlik. Mebel va butlovchi qismlar – WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2025" ko'rgazmasi o'zining dastlabki sanalarida o'tkazilishiga qaytadi va o'z ekspozisiyasini 2025-yil 25-27-fevral kunlari "O'zekspomarkaz" MKKning 1-, 3-, 4-pavilyonlari va Atrium 2 zalida namoyish etadi. Tashkilotchilar - bu yil o'zining 30-yubileyini nishonlayotgan Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazmalar kompaniyasi, va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida mamlakat mebel va yog'ochsozlik sanoatining salohiyatini ro'yobga chiqarish Markaziy Osiyoning 38 milliondan ortiq aholisi bo'lgan eng katta iste'mol bozorining mavjudligi va aholining xarid qobiliyatining o'sishi bilan bog'liq.
WoodTech & MebelExpo Uzbekistan mamlakatdagi sanoatning asosiy xalqaro ko'rgazma tadbiri sifatida mahalliy mebel biznes hamjamiyati vakillariga zamonaviy yog'ochsozlik uskunalari, texnologiyalari, xomashyosi va butlovchi qismlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish, mavjud mahsulotlarni zamonaviylashtirish va yangi ishlab chiqarish korxonalarini yaratish, yangi bozorlarga chiqish uchun maqbul yechimlarni topishga imkon beradi.
Ko'rgazma ishida 10 mamlakatdan - Avstriya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Italiya, Eron, Xitoy, Qozog'iston, Rossiya, Turkiya va O'zbekistondan 116 ta kompaniya va brendlar ishtirok etadi.
3-pavilyonda Germaniya, Italiya, Avstriya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va brendlarining yuqori texnologiyali mashina va yog'ochsozlik uskunalari namoyish etiladi. Ko'rgazmada yana bir bor dastgohlarning ishlashini bevosita ko'rish, ularning texnik xususiyatlarini baholash, ularning ishlashi bo'yicha birinchi qo'ldan maslahat olish mumkin bo'ladi. Ishtirokchilar orasida SCM Group (Italiya), Homag Group, Weinig, Leuco, Leitz (Germaniya), Felder Group (Avstriya), Nanxing (Xitoy), KDT / Liga (RF) va boshqalar kabi taniqli kompaniya va brendlar mavjud.
4-pavilyonda mebel butlovchi qismlari bo'limi joylashgan bo'lib, unda sanoat mutaxassislari taqdim etilgan mebel aksessuarlari, mebel furniturasi, mebel qoplamalari, plita materiallari, laminatsiya uchun dekorativ qog'oz, stol yuzalari uchun sun'iy tosh va ko'plab boshqalarni baholashlari mumkin. Ushbu pavilyonda Germaniyadan taniqli kompaniya va brendlar – Hafele, Hettich, Surteco, Avstriyadan – Egger, Shveytsariyadan – Swiss Crono, Polshadan – GTV, Kronopol, Rossiya Federatsiyasidan – Fomlayn, Sloteks, Turkiyadan – Mesan, Starax, Cebi, AGT va boshqalar ishtirok etmoqda.
Alohida Atrium 2 zalida har bir tashrif buyuruvchi ham xorijiy, ham mahalliy ishlab chiqaruvchilardan mebel kimyosi mahsulotlarining ko'plab namunalari va yog'ochsozlik uchun qoplamalar bilan tanishishi mumkin: mebel yelimlari, loklar, bo'yoqlar, gruntovka va hokazo.
Xorijiy kompaniyalardan tashqari, ko'rgazmada ko'p yillar davomida mahalliy mebel butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilari faol ishtirok etib, yakuniy mahsulotlar tannarxini mahalliylashtirish va kamaytirishga katta hissa qo'shmoqda – Khat Décor, Leader Foam Rubber, Foamline Vostok, ularga har yili yangi nomlar va brendlar qo'shiladi. Shunday qilib, ko'rgazma har bir mahalliy ishlab chiqaruvchiga eksport salohiyatini ochishga yordam beradi.
Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, O'zbekiston ishlab chiqaruvchilarining uy sharoitida shinamlik va qulaylik uchun tayyor mebel mahsulotlari, shuningdek ofis uchun funktsional, qulay va amaliy mebellar 1-pavilyondagi namoyish etiladi.
Ko'rgazma tashrif buyuruvchilarini ro'yxatdan o'tkazish homiysi – Eman Group O'zbekistondagi mebel bozoridagi yetakchilardan biri, xorijiy brendlarning mahalliy ishlab chiqaruvchisi va distribyutoridir. Bu yil kompaniya - Dafna, Maff, Eman Materials, Eman Engineering, Infinity kabi taniqli brendlarni taqdim etmoqda.
Birinchi marta uy-ro'zg'or tovarlari va interyer buyumlarining debyut ekspozisiyasi – HomeStyle & Gifts'ga start berildi, bu haftaning asosiy voqealaridan biri sifatida uni to'ldiradi.
Ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari tajribasiga ko'ra, WoodTech & MebelExpo Uzbekistan O'zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilari va yangi istiqbolli bozorga kirishni istagan xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun sanoatning bosh xalqaro ko'rgazma tadbiridir. Ko'rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mamlakatni tark etmasdan zamonaviy texnologiyalar, xom ashyo va tarkibiy qismlardan to'g'ridan-to'g'ri va tezkor foydalanish imkoniyatini beradi, mahalliy bozorda sotuvni rivojlantirishga yo'naltirilgan kompaniyalar bozorning asosiy ishtirokchilari, ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari bilan uchrashishni ta'minlaydi. 21 yil davomida ko'rgazma barcha bozor ishtirokchilarini har tomonlama qo'llab-quvvatlab, muloqot qilish, hamkorlar va do'stlar uchrashuvlari uchun neytral, dinamik va yuqori samarali biznes maydoni sifatida xizmat qiladi.
WoodTech & MebelExpo Uzbekistan rebrendingdan so'ng bu yil O'zbekiston Qurilish-interyer haftaligining ajralmas qismiga aylandi. "Loyihadan - shinamlikgacha to'liq jarayon" shiori ostida o'tkazilayotgan Hafta qurilish va interyer ko'rgazmalari: UzBuild, BuildTech, WoodTech & MebelExpo Uzbekistan hamda ICCI qurilish anjumanini birlashtirdi. Butun Haftalik ekspozisiyalari 22 ta davlat, 516 ta kompaniya va brendlardan iborat.
Tadbirlarni bir vaqtning o'zida o'tkazish nafaqat trend, balki "Yangi Toshkent" va "Yangi O'zbekiston" kabi yirik loyihalarni amalga oshirish doirasida o'zaro bog'liqligini anglatadi. Shunday qilib, mebel va qurilish tarmoqlarining sinergiyasi mahalliy mebel sanoatini rivojlantirish tendentsiyalari, yo'nalishlarini va mahsulotlar assortimentini belgilash imkonini beradi.
Rasmiy ko'mak:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiTadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK AJ

Ro'yxatdan o'tkazish homiysi:

hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:



Tashkilotchilar: - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Axborot ko'magi:
.jpg)
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, + (998 94) 800 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz