Press-relizlar
Sifatli mebel va uni ishlab chiqarish uchun barchasi MebelExpo Uzbekistan ko’rgazmasida!

O'zbekiston mebel va yog'ochsozlik sanoatining yetakchi xalqaro ko'rgazmasi ikki yillik tanaffusdan so'ng qaytmoqda va u o'zining 17-ekspozitsiyasini Toshkent shahrining MKM "O'zekspomarkaz"ida 27-29-may kunlari namoyish qiladi.
O'zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasining 34,5 milliondan ortiq aholisi bo'lgan eng yirik iste'mol bozoridir. Mamlakatning mebel va yog'ochsozlik sanoati iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo'lib, unda asosan kichik va o'rta biznes subyektlari ishtirok etmoqda.
Uy-joy va tijorat ko'chmas mulk qurilishining o'sish sur'atlari mebellarga bo'lgan talabning oshishiga olib keladi. O'zbekiston aholisining xaridorlik qobiliyati yil sayin o'sib, shu bilan birga sifatli mahsulotlarni sotib olishga bo'lgan talab ham ortmoqda. Zamonaviy tendentsiyalar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni chetlab o'tmaydigan yangiliklarga munosib e'tibor qaratmoqda. Bugungi kunda bozorning umumiy hajmining qariyb 90% mahalliy mahsulotlar hisobidan qondirilmoqda.
Hozirgi kunda respublikada mebel, laminatlangan yog'och-qirindili plitalar (LDSP), butlovchi materiallar va yog'ochni qayta ishlash bo'yicha 5300 ga yaqin korxona faoliyat yuritib, mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida 300 mingdan ortiq kishi ish bilan ta'minlangan. O'zbekiston bozoridagi mebellar turli narx segmentlari va uslublarida va turli xil materiallardan taqdim etilgan. So'nggi 7 yil ichida mahsulot turlari sezilarli darajada kengaydi, sifati va dizayni jahon tendentsiyalariga muvofiq ravishda yaxshilandi.
Bozorda ko'plab kichik korxonalar tashkil etilgani tufayli qattiq raqobat shakllandi, bu esa ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni chuqurlashtirishni va uni yanada zamonaviylashtirishni rag'batlantirdi. Ishlab chiqarishning yuqori o'sish sur'atlariga erishish uchun katta darajada davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari ko'rildi:
- mebel mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarning asosiy turlari bo'yicha bojxona to'lovlarini optimallashtirish;
- iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar va kichik biznes subyektlariga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish.
Bu yil MebelExpo Uzbekistan odatiy offlayn formatda qaytmoqda va va pandemiya sababli uzoq tanaffusdan so'ng mebel sanoatining birinchi professional sanoat namoyishiga aylanadi. Dunyoning 12 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniyalar o'z ishtiroklarini tasdiqladilar, ular qatorida Avstriya, Germaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Sloveniya, Turkiya, O'zbekiston, Shveytsariya va Yaponiya davlatlarining kompaniyalari.
Ulyanovsk viloyatining Eksportni qo'llab-quvvatlash markazi jamoaviy ekspozitsiyasi tarkibida beshta kompaniya tayyor mebel mahsulotlari va butlovchi qismlarni taqdim etadi.
An'anaviy milliy ishtiroki bilan yog'ochsozlik dastgohlari, abraziv materiallar, yelim va lok-bo'yoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi to'qqizta turk ishlab chiqaruvchisi ko'rgazmaga keladi.
MebelExpo Uzbekistan ko’rgazmasiga tashrif buyuruvchilar mebel ishlab chiqarish uchun zarur barchasini topadilar: yog'ochsozlik va lazer dastgohlar, asboblar, yelimlar, loklar, bo'yoqlar, plitka mahsulotlari, mebel butlovchi qismlari va yordamchi materiallar, qoplamalik materiallari, mebel to'ldirgichlari va ko’plab boshqalar. Ko'rgazmada ishlab chiqarish uchun mahsulotlardan tashqari, uy va ofis uchun tayyor mebellar, shuningdek maishiy texnika va oshxona to'ldirgichlari namoyish etiladi.
Texnologik yangiliklar, yog'ochsozlik uskunalari va asboblarini ARHAR ENGINEERING (Sloveniya), SCM GROUP (Italiya), FELDER KG (Avstriya), ATLAS ZIMPARA, AYZA MIZRAK, ROBART MAKINA (Turkiya), STANKOGROUP / JET, ЛИГА (Rossiya) kabi sanoat yetakchilari va boshqalar namoyish etadilar. Mebel yordamchi materiallari va xom ashyo sektori JULIUS BLUM GMBH (Germaniya), ATTIMEC (Italiya), HAFELE (Germaniya), ADILET (Rossiya), ZAMIN DÉCOR, KHAT DÉCOR, SABINA S, WOODMAN GROUP, FOAMLINE, HIGOLD (O'zbekiston) kompaniyalari va ko'plab boshqalar tomonidan namoyish etiladi. Ishtirokchilar orasida HELIOS GROUP (Sloveniya), KAYALAR KIMYA, BETEK BOYA, POLCHEM, ESKIM KIMYA (Turkiya).
Iste'molchilar uchun eng mashhur sektor – tayyor mebel mahsulotlari va maishiy texnika, bu yil INCANTO, KISS, LEONIS, SIMBIRSK LIDER, NAIDY (Rossiya), CHINAR, MAGIYA DEREVA (O'zbekiston), LINA (Qirg'iziston) va boshqalar taqdim etadigan so'nggi mavsum yangiliklarini va mebel trendlarini qaytadan to'pladi. Maishiy texnika sektoridagi yorqin yangiliklar mashhur HOFMANN va GOODWELL (Xitoy) kompaniyalari vakillari tomonidan tayyorlangan.
Ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari tajribasiga ko'ra, MebelExpo Uzbekistan yangi istiqbolli bozorga kirishni istagan O'zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilari va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun muhim voqeadir.
Tadbir, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va koronavirusga qarshi kurash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan barcha norma va talablarga qat'iy rioya qilgan holda, shuningdek, Ko'rgazma sanoati jahon uyushmasi (the Global Association of the Exhibition Industry (UFI)) tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga muvofiq ravishda o'tkaziladi.
Ko’rgazmaning rasmiy ko’magi:
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Ko'rgazmaning axborot hamkori: ATLAS MEBEL (O'zbekiston).
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKM AJ
Texnik hamkor: Led Design Group
Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia xalqaro ko'rgazmalar kompaniyalari.
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz