Press-relizlar
WoodTECH & MEBELEXPO UZBEKISTAN 2026 – asosiy yangi mahsulotlar taqdimoti tez orada!
Mebel va yog‘ochsozlik sohasi mutaxassislari uchun yilning asosiy voqeasi bo‘lmish “WOODTECH & MEBELEXPO UZBEKISTAN 2026” ko‘rgazmasi 2026-yilning 28-30-aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKKda bo‘lib o‘tadi.Yigirma yildan ortiq vaqtdan beri yetakchi sanoat tadbiri bo‘lib qolayotgan 2026-yilgi ko‘rgazma an’anaviy tarzda yog‘ochsozlik, mebel butlovci qismlari va interyer dizayni bo‘yicha texnologik yechimlarni taqdim etuvchi yetakchi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va mutaxassislarni birlashtiradi. Ko‘rgazmada har yili eng yangi yog‘ochga ishlov berish dastgohlari, asbob-uskunalar, mebel ishlab chiqarish uchun materiallar, xomashyo va butlovchi qismlar, shuningdek, uy va ofis interyeri uchun tayyor mebellar namoyish etiladi.
Ko‘rgazma soha mutaxassislari o‘rtasida qizg‘in muloqotlar o‘tkazish, mahalliy mebel ishlab chiqarishni jahonning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari bilan jihozlash va modernizatsiya qilish, shu orqali mebel mahsulotlari sifatini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ko‘rgazma orqali xorijiy mebel ishlab chiqaruvchilari yuqori xarid qobiliyatiga (aholi: 38 million) hamda respublika bo‘ylab urbanizatsiya va keng ko‘lamli qurilish bo‘yicha davlat strategiyasiga ega bo‘lgan istiqbolli bozorda dilerlar va yakuniy xaridorlarni topmoqda.
2025 yil fevral oyida boʻlib oʻtgan koʻrgazma natijalari uning mintaqadagi asosiy professional biznes platformasi sifatidagi yuksak maqomini tasdiqladi: tadbirda 10 mamlakatdan 116 ta kompaniya ishtirok etdi va koʻrgazmaga 6700 dan ortiq mutaxassislar – mebel ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar, arxitektorlar, distribyutorlar, chakana savdo tarmoqlari vakillari tashrif buyurishdi. 2025-yilgi ko‘rgazma xalqaro qiziqishning sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi va ko‘plab muvaffaqiyatli biznes muzokaralar va yangi shartnomalar tuzish platformasiga aylandi. Ko'rgazma ishtirokchilari orasida an'anaviy ravishda taniqli kompaniya va brendlarni - SCM, Felder, Homag, Altendorf, Leitz, Leuco, Hettich, Hafele, Surteco, Liga/KDT, Nanxing, Genc, Filli Boya, Aypol, Milesi, Technocolor, Starax, GTV va boshqalarni aytib o’tish mumkin.
WoodTECH & MEBELEXPO UZBEKISTAN 2026 ko‘rgazmasi yog‘ochsozlik, mebel butlovchi qismlari va zamonaviy interyer dizayni uchun texnologiya va innovatsiyalardagi eng so‘nggi yutuqlarni namoyish etish orqali ushbu ijobiy sur’atni davom ettiradi. Tashrif buyuruvchilarni uskunalar premyeralari, innovatsion yechimlar taqdimotlari, mahorat darslari, biznes uchrashuvlari va professional tadbirlarning keng dasturi kutmoqda.
Sanalar: 2026 yil 28-30 aprel kunlari
Manzil: “Oʻzekspomarkaz” MKK, Toshkent, Oʻzbekiston
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Теl: + (998 71) 205 18 18
Email: gullola.nadirkhanova@iteca.uz
Ko'rgazma veb-sayti: https://mebelexpo.uz/ru/main