Yangiliklar
Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2025 – rebrending, sinergiya va yangi cho`qqilar
O'zbekiston mebel va yog'ochsozlik sanoatining yetakchi voqeasi - "Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochsozlik. Mebel va butlovchi qismlar – Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2025" 21-Xalqaro ko'rgazmasi yana fevral sanalariga qaytmoqda. 25-27 fevral kunlari "Uzbekistan Construction and Interior Week" yagona brendi ostida Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2025 ko'rgazmasi bilan bir qatorda UzBuild va BuildTech qurilish va interyer ko'rgazmalari ham tashkil etiladi. Butun ekspozitsiya tematik bo'limlarga muvofiq joylashtiriladi.
Tashkil etilganidan buyon, 21 yildan ortiq vaqtdan beri, MebelExpo Uzbekistan brendi Markaziy Osiyoning istiqbolli bozorida ishonchli hamkorlar va yetkazib beruvchilarni izlashga ko'maklashib, sanoatning asosiy xalqaro ko'rgazma tadbiri hisoblanadi. 2025-yilda tadbir so'nggi yillarda ekspozitsiyaning haqiqiy mazmunini aks ettiradigan Woodtech & MebelExpo Uzbekistan nomi ostida bo'lib o'tadi.
Woodtech & MebelExpo Uzbekistan ko'rgazmasining bo'lajak ekspozitsiyasi hozirda faoliyat yuritayotgan koxonalarni texnik zamonaviylashtirish va jihozlashga qimmatli hissa qo'shgan holda, mebel ishlab chiqaruvchilariga zamonaviy texnologiyalar, uskunalar, xom ashyo va butlovchi qismlar va, albatta, so'nggi tendentsiyalardan bevosita foydalanish imkonini bergan holda mahalliy mebel va yog'ochsozlik sanoatini rivojlantirishga ko'p yillik faol ko'maklashishda navbatdagi bosqich hisoblanadi.
Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2025 ekspozitsiyasi "O'zekspomarkaz" MKKning 3-, 4-pavilyonlari va Atrium 2 zalida joylashadi.
3-pavilyonda Germaniya, Italiya, Avstriya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va brendlarining yuqori texnologiyali mashina va uskunalar, yog'ochsozlik uchun asbob-uskunalar namoyish etiladi. Ko'rgazmada yana bir bor dastgohlarning ishlashini bevosita ko'rish, ularning texnik xususiyatlarini baholash, ularning ishlashi bo'yicha birinchi qo'ldan maslahat olish mumkin bo'ladi.
4-pavilyonda mebel butlovchi qismlari bo'limi joylashgan bo’lib, bu yerda sanoat mutaxassislari keng ko'lamda taqdim etilgan mebel furniturasi, mebel aksessuarlari, mebel qoplamalari, plita materiallari, laminatsiyalash uchun dekorativ qog'oz, stol usti uchun sun'iy tosh va ko'plab boshqa mahsulotlarni baholashlari mumkin bo'ladi.
Alohida Atrium-2 zalida yog'ochga ishlov berish mahsulotlari uchun mebel kimyoviy moddalari va qoplamalarining ko'plab namunalari taqdim etiladi: mebel yopishtiruvchi moddalar, laklar, bo'yoqlar, xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning astarlari.
Uyda shinamlik va qulaylikni ta’minlash uchun tayyor mebel mahsulotlari, shuningdek, funktsional, qulay va amaliy ofis mebellari 1-pavilyondagi tegishli bo'limda taqdim etiladi.
Haftaning interyer qismini chiroyli tarzda yakunlaydigan hamda bo'shliqlar va tijorat va turar-joy binolarini jihozlash uchun yakuniy urg'u beradigan uy-ro'zg'or tovarlari va interyer buyumlari – HomeStyle & Gifts'ning debyut ekspozitsiyasiga ilk marotaba start berildi. Uyni jihozlash uchun barcha mahsulotlar, interyer yechimlari va dekor, qulaylik va shinamlik yaratadigan maishiy texnika va detallar, aziz insonlar va biznes hamkorlar uchun sovg'alar va suvenirlar har doim talab qilinadigan tovarlar toifasidir.
"O'zekspomarkaz" MKKning 1- va 2-pavilyonlarida Woodtech & MebelExpo Uzbekistan va HomeStyle & Gifts ekspozitsiyalariga hamohang bo'lgan UzBuild ko'rgazmasining interyer qismi joylashadi (Bo'limlar: Deraza va eshiklar, Dekorativ yoritish, Pol qoplamalari, Dekorativ panellar, Gulqog'ozlar, Karnizlar va jalyuzi va hokazo).
O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik iste'mol bozori bo'lib, aholisi 37 milliondan oshadi. Respublika bo'ylab turar-joy majmualari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, ofis binolari va biznes markazlarining keng ko'lamli qurilishi tayyor mebel va uy-ro'zg'or buyumlariga talab ortib borayotganiga sabab bo'lmoqda.
Shu munosabat bilan, 25-27-fevral kunlari O'zbekiston qurilish-interyer haftaligi doirasida yuqoridagi ko'rgazmalarning bir vaqtning o'zida o'tkazilishi qurilish va obodonlashtirish bilan bog'liq ko'plab tashkiliy va biznes vazifalarining sinergiyasi va yechimini ta'minlash, O'zbekistonda yangi qurilish va mebel mavsumlarini muvaffaqiyatli boshlash uchun mo'ljallangan.
Tashkilotchilar: - Iteca Exhibitionы xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish kerak
71 205 18 18